Yangiliklar
"O'RTA SHAHARLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH" LOYIHASI

"O'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasi va Osiyo infratuzilma investisiyalari banki (OIIB) o'rtasidagi qo'shimcha moliyalashtirish to'g'risidagi bitimga muvofiq, Surxondaryo viloyatining loyihani amalga oshirish uchun tanlanadigan o'rta shaharlari ro'yxati ularning salohiyatini baholash paytida aniqlanadi.

Shu maqsadda keng jamoatchilikni ushbu loyiha haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish, ularning taklif va fikr-mulohazalarini olish uchun quyidagi hujjatlar e'lon qilinmoqda:

  1. Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv asoslari (AMIBA) 
  2. Aholini ko'chirish siyosati asoslari (AKSA)

Agar sizda mazkur hujjatlar yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bo'lsa, ularni elektron pochta yoki telefon orqali ijtimoiy choralar bo'yicha mutaxassisga yuborishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun, "O'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsad, shahar infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish va kompleks takomillashtirish, o'rta shaharlar aholisi uchun servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga zamonaviy texnik, moliyaviy va boshqaruv vositalarini joriy etish orqali ularning salohiyatini kuchaytirishdir.

Elektron manzil: sociology8914@gmail.com; 

Telefon: +998 71 252-42-20

Hujjatni yuklab oling (Aholini ko'chirish siyosati asoslari (AKSA))

Hujjatni yuklab oling (Atrof-muhit va ijtimoiy boshqaruv asoslari (AMIBA))

Voqealar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xato haqida ma'murga xabar bering

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing